«Salar» kanali bo‘yida va Toshkentdagi suv tozalash inshooti yaqinida joylashgan ba’zi ishlab chiqarish obyektlari va qoramol kushxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga ko‘chiriladi.
Toshkentda oqova suvlarni tozalash inshootlariga texnik suvlarni oqizish holati bo‘yicha korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas’uliga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Avvalroq, ayni shu sabab Sergeli tumanida badbo‘y hid taralayotgani haqida yozgan edik. Bir qator korxonalarning davlat ekologik ekspertizasi amal qilish muddatini oldindan to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.
Hukumat qarori loyihasi bilan Sergeli tumanida yoqimsiz hid tarqalishiga sababchi bo‘lgan korxonalarning lokal tozalash inshootlarida rekonstruksiya qilish hamda beshta charm sanoat korxonasini Toshkentdan tashqariga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Avvalroq, tumanning Bo‘zsuv kanaliga turli korxona va tashkilotlar tomonidan oqova suvlar va chiqindilar oqizilayotgani xabar qilingan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting